Sanjar Karimov “mojaroli uy”ni bolalar uyiga ehson qildi

Sanjar Karimov “mojaroli uy”ni bolalar uyiga ehson qildi
  • 4
  • 27.10.2025 13:38:00
  • 1 daq o'qish

Bo‘lajak kuyov kelinni aldab sotib yuborgan uyining xaridori bo‘lgan taniqli bloger va biznesmen Sanjar Karimov ushbu 240 ming dollarlik hovlini bolalar uyiga ehson sifatida topshirganini ma’lum qildi. Blogerning so‘zlariga ko‘ra, u bu qarorga katta yoshli insonlar, diniy ulamolar va oila a’zolari bilan maslahatlashgan holda kelgan. “Bu voqea hammamiz uchun saboq bo‘lsin. Har yili zakot va ehson qilaman, bu yilgi 240 ming dollarimni bolalar uyiga hadya sifatida berdim”, — dedi u. Eslatib o‘tamiz, 2024-yil avgust oyida 27 yoshli erkak bo‘lajak kelinni aldab, uning hovlisini Sanjar Karimovga 240 ming dollarga sotgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi bilan ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda sud jarayoni davom etmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News