
- 2
- 18.09.2023 13:55:00
“Sendvich-muzqaymoq”
Farzandlaringiz uchun uyda tayyorlab berishingiz mumkin bo‘lgan, tezkor muzqaymoq retseptini “Lazzat Dunyosi”dan kutib oling. Yoz yoki qish bo‘lishidan qat’iy nazar, ushbu muzqaymoqni tayyorlab, ta’tib ko‘rishingiz mumkin😍
“Sendvich-muzqaymoq” retsepti haqida batafsil ma’lumot👇🏼
🍌Masalliqlar:
✨3 dona muzlatilgan banan
✨1 stakan shanti krem (yoki 150 ml sutni ko‘pirtirib oling)
✨ Kakaoli pechenye
✨ Eritilgan shokolad
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Muzlatilgan bananni muzqaymoqdek mayin bo‘lguncha, muzni maydalashi mumkin bo‘lgan kuchli blenderga solamiz, ko‘pirtirib olgach krem va asal qo‘shib, yana ko‘pirtiramiz.
Strech plyonka bilan qoplangan idishga birinchi pechenyelarni terib chiqamiz va bananli aralashmani quyib, ustiga yana pechenye terib chiqamiz.
Muzlatgichga 3-4 soatga qo‘yamiz.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif:
Eritilgan shokolad va maydalangan xandon pista bilan bezatamiz.
Siz o‘zingizning xohishingizga qarab bezatishingiz mumkin.☺️
Yoqimli ishtaha 🤤