
- 5
- 23.05.2023 18:09:00
San-Sebastyan chizkeyk
Yakshanba kuni iftordan keyingi shirinlikni “Lazzat dunyosi” retsepti bilan qarshi oling. Saqlab qo‘yishni va iftordan keyin San-Sebastyan chizkeykini pishirishni unutmang!
🥚Masalliqlar:
200 gr Labne krem-pishlog‘i
1 dona tuxum
3 osh qoshiq shakar
1 paket vanilin
🍫Usti uchun:
60 gr eritilgan shokolad
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Barcha masalliqlar bir xil ko‘rinishga kelguncha aralashtiring.
- 2 ta idishga aralashmani bo‘ling.
- 180 daraja issiqlikdagi duxovkada 10-15 daqiqa pishiring.
- Sovugandan keyin ustiga suv bug‘ida eritilgan shokoladni quying.
Yoqimli ishtaha 🤤





