• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi
  • 9
  • 05.10.2023 08:21:00

Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi

Samarqand 2025-yil Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat vazirligi ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 25-sentabr kuni Qatarda XXII Islom dunyosi madaniyat vazirlarining “Islom olamida madaniy tadbirlarning yangilanishi tomon” mavzusidagi 12-konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Unda Ozodbek Nazarbekov ham ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibida dunyo madaniy siyosatining yetakchi tamoyillari va barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlari, islom olamida insoniyatning barhayot boyliklari va an’anaviy bilimlarini qadrlash, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga oid qator masalalar muhokama qilingan.

“Eng muhimi, konferensiya doirasida 2025-yil Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu maqom bizga yana bir karra dunyoga madaniy merosimizni namoyon etish imkonini taqdim etadi”, - deb yozadi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.

Manba: Sputniknews.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News