
- 9
- 31.10.2025 16:43:00
- 1 daq o'qish


Kecha “Silk Road Samarkand” Kongress markazida YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu tarixiy voqea mamlakatimiz uchun muhim ahamiyat kasb etib, O‘zbekistonni yana bir karra madaniy va gumanitar hamkorlik markazi sifatida namoyon qildi.
Mashhur tenor Yonas Kaufman va pianinochi Elen Mersyening betakror, hissiyotlarga boy musiqiy chiqishlari tantanaga o‘zgacha joziba baxsh etdi.
Bugun esa Samarqandda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik.
Davlatlarimiz rahbarlarining siyosiy irodasi va sa’y-harakatlari tufayli O‘zbekiston hamda Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil mustahkamlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Suhbat chog‘ida gumanitar aloqalarni mustahkamlash, madaniyat, fan va ma’rifat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, tashabbuslarni ilgari surish istiqbollari muhokama qilindi.