• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Go‘shtli salat

 Go‘shtli salat
  • 5
  • 16.07.2024 14:45:00

Go‘shtli salat

Kechki ovqat o‘rnini bosadigan to‘yimli Go‘shtli salat retseptini taqdim etamiz.

🥩Masalliqlar: 

200 gr go‘sht;
2 dona pomidor;
2 dona bodring;
2 dona piyoz;
3 dona bulg‘or qalampiri;
3 bo‘lak sarimsoq;
Ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlar;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Barcha mahsulotlarni somoncha qilib to‘g‘rab olamiz.
Tovoga yog‘ solib, avval go‘shtni keyin piyozni qovurib olamiz.
Boshqa tovoga ham yog‘ solib, bulg‘or qalampirini ozgina qovurib olamiz. 
Ustidan qovurilgan go‘sht va piyozni solib, aralashtiramiz.
To‘g‘ralgan mahsulotlar ustidan qovurib olingan masalliqni, to‘g‘ralgan ko‘kat, ta’bga ko‘ra tuz va ziravorlarni solib yaxshilab aralashtirib olamiz.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News