Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet hamda maktab faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Istanbuldagi universitet hamda maktab faoliyati bilan tanishdi
  • 10
  • 15.10.2026 12:20:00
  • 1 daq o'qish

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Turkiyaning Istanbul shahrida Najmiddin Bilol Erdo‘g‘an bilan birgalikda Ibn Xaldun universiteti va “Yenidog‘u” maktabiga bordi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Tashrif davomida ta’lim muassasalaridagi o‘qitish usullari, o‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish tajribasi bilan tanishildi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda o‘quvchilar, talabalar va pedagoglar uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News