
- 2
- 23.05.2023 18:13:00
Sabzili pyure-sho‘rva
Iftorlikda ichingizni isitadigan, mehmonlaringizning og‘zida ta’mi qoladigan Sabzili pyure-sho‘rva sizlar uchun “Lazzat dunyosi” oshpazlarining maxsus retsepti bilan qarshingizda.
Yozib olishni va do‘stlaringizga ham jo‘natishni unutmang.
👩🌾 Masalliqlar:
3 ta sabzi
1 katta piyoz
1 ta kartoshka
1 stakan tovuq go‘shti suvi
1 osh qoshiq yog‘
1 osh qoshiq sariyog‘
1 qoshiq murch
1 choy qoshiq tuz
2 stakan suv
2 osh qoshiq un
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Qizigan qozonga yog‘ va sariyog‘ solamiz erigach, 2 osh qoshiq un solib qovuramiz.
- So‘ngra to‘g‘ralgan piyoz, sabzi, kartoshka, tovuq go‘shti suvi va suv qo‘shamiz.
- Suv qaynay boshlaganda olovni pasaytiramiz.
- Sabzini yumshoq bo‘lib pishguncha qaynatamiz va ziravorlar, tuz qo‘shamiz.
- Blender yordamida sho‘rvani mayinlashtiramiz.
Yoqimli ishtaha 🤤





