
- 5
- 23.05.2023 17:54:00
Sabzili Gazak
Biz kechki dasturxonni bezatish uchun mazali va ishtaha ochar Sabzili gazak retseptini sizlar bilan ulashmoqdamiz☺️
🥕Masalliqlar:
2 dona sabzi
1 dona qovoqcha (kabachki)
1 stakan qatiq
4 osh qoshiq mayonez
2 bo‘lak sarimsoq
3 dona yong‘oq
1 bog‘ kashnich
1 bog‘ shivit
4 osh qoshiq zaytun yog‘i
Ta’bga ko‘ra tuz va murch
Tayyorlanishi:
- Sabzi va qovoqchani qirg‘ichdan o‘tkazib oling.
- Tovaga 3 osh qoshiq zaytun yog‘ini qo‘shing, sabzi va qovoqchani qovurib oling.
- Maydalangan sarimsoq, tuz, murch, qatiq va qovurilgan sabzi bilan qovoqchani bitta idishga solib aralashtiring.
🍽 Dasturxonga tortish uchun taklif
Tayyor bo‘lgan massamizni qatiq, yong‘oq, ko‘katlar va zaytun yog‘i bilan bezatishingiz mumkin🥰
Yoqimli ishtaha 🤤





