Rustam Jo‘rayev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi

Rustam Jo‘rayev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi
  • 0
  • 18.07.2026 15:59:00
  • 1 daq o'qish

Prezident farmoni bilan Rustam Jo‘rayev O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlandi. Unga, shuningdek, general-leytenant maxsus unvoni berildi.
Rustam Jo‘rayev huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ko‘p yillik tajribaga ega. Faoliyati davomida Ichki ishlar vazirligi, Prezident devoni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligining turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu lavozimda 2020-yil dekabridan buyon ishlab kelgan Alisher Usmonov avvalroq vazifasidan ozod etilgandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News