
- 0
- 01.04.2026 17:21:00
- 1 daq o'qish
Qrimda Rossiya tomonidan anneksiya qilingan hududda An-26 harbiy transport samolyoti halokatga uchradi. Hodisa oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi – ulardan 6 nafari ekipaj, 23 nafari yo‘lovchi.
Samolyot rejalashtirilgan parvoz vaqtida qulab tushgan va 31-mart soat 18:00 atrofida bilan aloqa uzilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tashqi hujum aniqlanmagan, dastlabki sabab sifatida texnik nosozlik ko‘rilmoqda. Ba’zi manbalar samolyot qoyaga urilganini ham bildirgan.