
- 2
- 02.12.2024 15:01:00
Rossiyalik deputat rubl kursi tushishida migrantlarni aybladi
Mixail Matveyev muhojirlar Rossiyadagi valyutani sotib olishi tufayli dollar sun’iy ravishda oshayotganini aytdi.
“Migrantlar va ularning Rossiyadagi diasporalari valyutaga bo‘lgan talabni va kurs o‘sishini sun’iy ravishda rag‘batlantirib, har yili banklarimizdan o‘nlab milliard dollarlik valyuta sotib olmoqda,” dedi deputat.
Shuningdek, u “MDHning ko‘plab do‘st davlatlari Rossiya banklariga qarshi sanksiyalar joriy qilgani va MIR kartalari bilan ishlashdan bosh tortgani, bu esa ushbu davlatlarga Rossiyadan rubl o‘tkazmalarini qiyinlashtirgani”ni aytdi.
Putin rublning qadrsizlanishi inflyatsiya darajasining oshishi bilan bog‘liqligini aytgan. “Rubl kursi bilan bog‘liq vaziyat nazorat ostida va vahima uchun hech qanday asos yo‘q,” degan Putin.