
- 2
- 06.11.2026 11:29:00
- 1 daq o'qish
Krishtianu Ronaldu 23 yil davom etgan xalqaro faoliyatiga yakun yasashini ma’lum qildi. 41 yoshli futbolchi bu haqda 5-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berdi.
Portugaliya safida 234 ta uchrashuvda maydonga tushgan Ronaldu hisobida 146 ta gol bor. U terma jamoa tarixidagi eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi.
Shu tariqa, Yevropa chempionligi va ikki karra Millatlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan afsonaviy hujumchining Portugaliya termasidagi faoliyati yakunlanmoqda.
Siz Ronaldu terma jamoa libosida yana maydonga tushishini istarmidingiz?