• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Ronaldu rekordlarini yangilashda davom etadi!

Ronaldu rekordlarini yangilashda davom etadi!
  • 8
  • 27.03.2023 13:49:00

Ronaldu rekordlarini yangilashda davom etadi!

2024-yilgi Yevropa Chempionatining saralash o‘yinlarining 2-turi doirasida “J” guruhidan o‘rin olgan Lyuksemburg va Portugaliya termalari kuch sinashdi. O‘yinda Portugaliya total ustunlikka ega bo‘ldi va 6:0 hisobida zafar quchdi.

E’tiborlisi, Portugaliya safida Krishtianu Ronaldu dubl qayd etdi. Shu tariqa hujumchi terma jamoa safidagi 121 va 122-gollarini kiritib, terma jamoalar safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha o‘ziga tegishli rekordni yana 2 ta to‘pga yangilab qo‘ydi.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News