
- 7
- 06.03.2023 13:14:00
Ronaldu xayrli ishga qo‘l urdi
“Al-Nasr” klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqinda sodir bo‘lgan zilzilalardan jabr ko‘rgan Turkiya va Suriya xalqiga gumanitar yordam yuklangan samolyot jo‘natdi.
Qayd etilishicha, bortda chodirlar, oziq-ovqat, dori-darmonlar, choyshablar bor.
Ma’lumot uchun, fevral oyi avvalida Turkiya va Suriyada sodir bo‘lgan zilzilalar 50 mingdan ortiq odamning umriga zomin bo‘ldi.





