Ruldagi romantika: Surxondaryoda sevishganlar mashinani birga boshqardi

Ruldagi romantika: Surxondaryoda sevishganlar mashinani birga boshqardi
  • 1
  • 09.04.2025 16:16:00
  • 1 daq o'qish

Ijtimoiy tarmoqlarda yigit sevgan qizini rulga o‘tqazib, birga mashina boshqargani aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, holat Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan. Yigit va qizning shaxsi aniqlanib, ular bilan tushuntirish ishlari olib borilgan va mashina jarima maydoniga joylashtirilgan. Yigit qilgan ishidan pushaymonligini aytib, qizining iltimosiga ko‘ra va pedalga oyog‘i yetmagani uchun shunday haydashganini aytgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News