
- 2
- 01.04.2024 14:06:00
O‘rama lavash
😍Nonushta uchun tez va oson tayyor bo‘ladigan O‘rama lavash retseptini taqdim etamiz. Kelinjonlar albatta tayyorlab ko‘rib, oila a’zolaringizni xursand qiling.
🫔Masalliqlar:
Lavash xamiri;
Kolbasa;
Burger pishlog‘i;
Motsarella pishlog‘i;
Ketchup;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
Ishimizni kolbasani somoncha qilib to‘g‘rab olsihdan boshlaymiz.
Motsarella pishloqni qirg‘ichdan chiqarib olamiz.
Lavash xamirini ochib, avval ketchup surkab chiqamiz.
To‘g‘ralgan kolbasa solamiz va ustida bir qator qilib burger pishlog‘ini terib olamiz.
Yaxshilab o‘rab videoda ko‘rsatilganidek kesib, patnistga terib chiqib ustidan motsarella pishlog‘ini sepamiz.
160 gradus issiqlikda duxovkada 10 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Yoqimli ishtaha😋