
- 3
- 10.08.2023 10:55:00
“Rogalik”
Bugun “Lazzat dunyosi” juda mazali, mayin va og‘izda eriydigan “Rogalik” retseptini taqdim etadi.
Masalliqlar:
🍚Un 400 gr
🧈Sariyog‘ 300 gr
🥛Qaymoq 300 gr
1 choy qoshiq razrixlitel
🌰Maydalangan yong‘oq
🫗Quyultirilgan sut
👨🍳Tayyorlanishi:
- Margarin un bilan birga aralashtirib, uvalanib, qaymoq va soda solib, xamir qoriladi va u 4 ta zuvalaga ajratib olinadi. 15 daqiqaga sovutgicha qo’yiladi.
- 15 daqiqa muzlatgichda tindirilgan xamir qalinligi 0,5 sm bo’lgan aylana qilib yoyiladi.
- Har bir xamir doirasi maxsus pichoq yardamida 8 bo’lakka bo’linadi. Bo’lakchalarga yong’oqli nachinka (yoki murabbo) surtiladi
- So‘ngra xamirning keng tomonidan ingichka tomoniga qarata rogalik qilib o’raladi.
- Duxovka listiga maxsus pishiriq qog‘ozi yoziladi hamda ustidan rogaliklar teriladi.
- Oldindan 190-210 °C gacha qizdirilgan pechda taxminan 30 daqiqa davomida pishiriladi.
- Rogaliklar yaxshilab sovugach yanada mazali bo‘lishi uchun ustidan shakar upasi sepiladi.
😋Bugungi shirinik retsepti siz va oilangiz a’zolariga xush keladi degan umiddamiz. ✍️Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.




