• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Qovurg‘a jo‘xori”

  • 9
  • 23.09.2023 15:54:00

“Qovurg‘a jo‘xori”

Ta’mi chipsga o‘xshab ketadigan “Qovurg‘a jo‘xori” retseptini o‘ylab topdik 🌽Sevimli film tomoshasi vaqtida tanovul qilish mumkin bo‘lgan eng yaxshi gazak retsepti uchun👇🏼

🧄 Masalliqlar:

• 4 dona makkajo‘xori;
• 4 osh qoshiq yog‘;
• 1 choy qoshiq tuz;
• 1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir;
• 2 choy qoshiq sarimsoq kukuni;

🪤 Sous uchun:
• 2 osh qoshiq mayonez;
• 3 qoshiq qatiq;
• 1 osh qoshiq labne (kremli pishloq);
• 1 choy qoshiq timyan yoki yalpiz;

🌿 Ustini bezatish uchun:
• Yalpiz (to‘g‘ralgan);

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi: 

- 4 dona makkajo‘xorini pichoq bilan ustini bosib, uzunasiga 4 taga bo‘lib olamiz.
- Idishga 4 osh qoshiq yog‘, 1 choy qoshiq tuz, qora murch, 1 choy qoshiq maydalangan qizil qalampir va 2 choy qoshiq sarimsoq kukunini solib, aralashtiramiz. 
- Tayyorlagan sousni, cho‘tka yordamida makkajo‘xoriga yaxshilab surtib chiqamiz. 
- Makkajo‘xorilarni 200 gradusda qizdirilgan pechda 20-25 daqiqa davomida pishiramiz.
- Bir piyola mayonezga, qatiq va labneni aralashtirib, so‘ngra timyan qo‘shamiz.
- Tayyor bo‘lgan makkajo‘xorini pechdan olib, idishga mayonezli sous bilan joylashtiramiz. 
- Ustidan to‘g‘ralgan yalpiz sepamiz.

Yoqimli ishtaha 🤤

 

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News