
- 8
- 24.05.2023 12:51:00
Rayhon barglari sharbati
Issiq havoda salqinlashtiruvchi “Rayhon barglari sharbati” retseptini “Lazzat dunyosi” da kutib oling.
Yozib olishni va do‘stlaringizga ulashishni unutmang 😍
Masalliqlar:
1 bog‘ yangi rayhon
1 piyola shakar
2 litr issiq suv
Yarimta limon sharbati
1 dona dolchin
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Yangi uzilgan rayhonni shakar bilan 3-4 daqiqa davomida qo‘l bilan yaxshilab aralashtiring.
- Tayyorlangan aralashmani chuqur qozonga o‘tkazing va issiq suv, dolchin, chinnigullar, limon sharbati qo‘shing va aralashtiring.
- Aralashmani sovuguncha xona haroratida qoldiring.
- Dasturxonga muz bilan tortish yodingizdan chiqmasin
Yoqimli ishtaha 🤤





