• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur'on yoqib yuborildi

Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur'on yoqib yuborildi
  • 4
  • 22.07.2023 10:47:00

Iroqning Daniyadagi elchixonasi oldida Qur'on yoqib yuborildi

Kopengagenda Iroqning Daniyadagi elchixonasi binosi oldida Qur’on nusxasini yoqib yuborish aksiyasi o’tkazildi.

Bu provokatsiya islomga qarshi va o’ta millatchi “Daniya Patriotlari” guruhi a’zolari tomonidan uyushtirilgan.

Ekstremistlar o’zlarining ijtimoiy tarmoqdagi akkaunti orqali aksiyani jonli efirga uzatdi.

Ular Shvetsiyaning Bag’doddagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumga qarshi norozilik bildirish maqsadida provokatsiya uyushtirganini aytdi.

Aksiya politsiyaning kuchli himoyasi ostida va OAV vakillari ishtirokida o‘tkazilgan.

Aytib o'tish lozimki, “Daniya Patriotlari” islom haqida haqoratomuz so’zlar bilan tanilgan. Avvalroq radikal guruh a’zolari Turkiyaning Kopengagendagi elchixonasi oldida Turkiya bayrog’i va Qur’onga hujum qilgan edi.

Manba: UzReport.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News