
- 0
- 19.12.2025 14:39:00
- 1 daq o'qish
Qobiljon va uning oilasi 4 yil oldin ishlash uchun Rossiyaga ko‘chib kelishgan. Ko‘chib kelishganidan 1 yil o‘tib ularning otasi vafot etgan. Onasi Qobiljon o‘qiydigan maktabda farroshlik qilib, bolalariga ham ota, ham ona bo‘lib kelayotgan edi. Qobiljon hujjatlarining muddati tugagani sabab Tojikistonga qaytib ketishi kerak bo‘lgan va u maktabga sinfdoshlari bilan xayrlashish uchun borgan kuni maktabda pichoqli hujum uyushtirgan 15 yoshli o‘smir tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi. Qobiljonning egizak ukasi bor. Hozirda u onasi bilan birga og‘ir qayg‘u ichida qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Qobiljon va uning egizak ukasi Onalar bayrami kuni onasiga qo‘ng‘iroq qilib, uni yaxshi ko‘rishlarini aytayotgan video tarqalib, barchaning ko‘ziga yosh keltirdi.