
- 1
- 15.05.2024 10:06:00
Putin hukumatining yangi tarkibini tasdiqladi
Vladimir Putin hukumatning yangi tarkibini tayinlash haqidagi farmonni imzoladi.
Birinchi marta Rossiya hukumati 2020-yilda konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirish asosida yangi tartib bo‘yicha tuzildi. Putin farmoni bilan Andrey Belousov mudofaa vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumatdagi eng yosh vazir Sanoat va savdo vazirligi rahbari Anton Alixonov bo‘ldi, u 37 yoshda. Eng keksasi esa 74 yoshli tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Shuningdek, u hukumatdagi eng uzoq ish tajribasiga ega, jumladan, Lavrov 20 yildan ortiq tashqi ishlar vaziri lavozimini egallab kelmoqda. Rossiyaning yangi hukumati aʼzolarining o‘rtacha yoshi 53 yoshni tashkil etadi.
Shuningdek, Sergey Narishkin Tashqi razvedka xizmati direktori, Aleksandr Bortnik Federal xavfsizlik xizmati direktori etib tayinlandi. Viktor Zolotov Rossiya gvardiyasini, Dmitriy Kochnev esa Federal qo‘riqlash xizmatini boshqaradi.