PSJning g‘alabasi Parijni vayron qildi

PSJning g‘alabasi Parijni vayron qildi
  • 0
  • 01.06.2026 18:11:00
  • 1 daq o'qish

PSJ Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangach, Parijdagi bayramlar tartibsizliklarga ulanib ketdi. Finalda Arsenal ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan PSJ muxlislari ko‘chalarga chiqib, dastlab bayram sifatida boshlangan yig‘inlarni keyinchalik ommaviy namoyishlarga aylantirdi.
Fransiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 1 kishi halok bo‘lgan, yana 1 kishi komaga tushgan, 219 kishi jarohatlangan va 800 kishi qo‘lga olingan.

Budapeshtda o‘tgan Chempionlar Ligasi finalida PSJ “Arsenal”ni penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Asosiy va qo‘shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlangan. Shu tariqa PSJ ketma-ket ikkinchi bor YCHL g‘olibiga aylandi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News