
- 1
- 31.03.2023 12:51:00
PSJ futbolchilari maosh olishda yetakchi!
“L’Equipe” ma’lumotlariga ko‘ra, (https://www.besoccer.com/new/mbappe-ligue-1-s-highest-paid-player-1241829) fransiyalik yulduz o‘z mamlakatidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi bo‘lib, bonuslarni hisobga olmaganda oyiga umumiy 6 million yevro haq oladi.
E’tiborlisi liganing bu boradagi kuchli 10 taligidan faqat Parij klubi futbolchilari joy olgan:
Kilian Mbappe – oyiga 6 million yevro;
Neymar – 3,675 mln;
Lionel Messi – 3,375 mln;
Markinyos va Marko Verratti – 1,2 mln;
Ashraf Hakimi – 1,083 mln;
Janluiji Donnarumma – 916 ming;
Serxio Ramos – 791 ming;
Xuan Bernat – 730 ming;
Nordi Mukiyele – 700 ming.