
- 6
- 10.08.2023 12:12:00
Prezident Buxoroga boradi
Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, tashrif davomida viloyatdagi ilg‘or sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyasiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi ham o‘tkazilishi aytilmoqda.