Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi

Prezident Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurdi
  • 0
  • 09.04.2026 16:03:00
  • 1 daq o'qish

Shavkat Mirziyoyev Temuriylar tarixi davlat muzeyining yangilangan binosi bilan tanishdi. Muzey Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan. Yangi ekspozitsiyalarda interaktiv texnologiyalar, sun’iy intellekt asosidagi yechimlar va 3D formatdagi ko‘rgazmalar joriy etilgan. Shuningdek, muzey fondi yangi eksponatlar bilan boyitilgan. Davlat rahbari muzey nafaqat tarixni saqlash, balki uni keng jamoatchilikka yetkazishda muhim maskan ekanini ta’kidladi. U yoshlar va aholini tizimli ravishda muzeylarga jalb qilish zarurligini aytdi. Shavkat Mirziyoyev tashrif davomida Temuriylar tarixi davlat muzeyining mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News