
- 2
- 04.08.2023 09:36:00
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlar strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
Manba: Uzreport.news