
- 4
- 03.11.2023 07:58:00
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida qatnashish uchun Qozog‘istonga bordi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Ostona shahriga jo‘nab ketdi. Joriy yilda Turkiy davlatlar tashkilotiga O‘zbekiston raislik qilmoqda.
Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ekologiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda yanada rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Alixan Smailov kutib oldi. Ertaga mamlakatimiz yetakchisi Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.