
- 0
- 16.04.2026 10:50:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni Butunjahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Cho Chung Vonni qabul qildi. Uchrashuvda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar professional sportchilar va hakamlarni tayyorlash, sport tibbiyoti, sun’iy intellekt va yuqori texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, nufuzli xalqaro musobaqalarni O‘zbekistonda muntazam o‘tkazish masalalarini muhokama qilindi. Muzokaralar yakunida Cho Chung Von taekvondoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi. O‘z navbatida, u Prezidentga Butunjahon taekvondo federatsiyasining oliy mukofoti — Shon-sharaf ordenini topshirdi. Bu mukofot ilk bor davlatimiz rahbariga berildi.