
- 0
- 24.04.2026 16:38:00
- 1 daq o'qish
Joriy yilning 24-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari O‘zbekiston “Iqtisodiy erkinlik indeksi”da 14 pog‘ona yuqorilab, ilk bor “iqtisodiyoti mo‘tadil erkin” davlatlar qatoridan joy olganini muhim natija sifatida qayd etdi. Prezident, ayrim rahbarlarni tanqid qilib, afsuski ishlamay turib oylik olayotganlar ham ishlayotganlar bilan “bitta poyezdda ketayotgani”ni ta’kidladi. Shuningdek, yig‘ilishda birinchi chorak yakuni bilan yalpi ichki mahsuloti 8,7 foizga, sanoat 8 foizga, xizmatlar 16,1 foizga, qishloq xo‘jaligi 5,1 foizga o‘sgani e’lon qilindi. Eksport 5,8 milliard dollarni, xorijiy investitsiya hajmi esa 13,7 milliard dollarni tashkil qilgani hamda yillik inflyatsiya 7,1 foizgacha pasaygani qayd etildi. Bundan tashqari, birinchi chorakda byudjet daromadlari o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga oshib, 103 trillion so‘mga yetgani, mahalliy byudjetlarda esa qo‘shimcha 2,2 trillion so‘m mablag‘ shakllangani e’tirof etildi. Shavkat Mirziyoyev faqatgina birinchi chorakdagi ijobiy ko‘rsatkichlar bilan cheklanib qolish xato ekanini ta’kidladi.