
- 0
- 05.03.2026 15:52:00
- 1 daq o'qish
2026-yilda O‘zbekistonda kambag‘allik chegarasi sifatida qo‘llaniluvchi minimal iste’mol xarajatlari bir oyda kishi boshiga 715 ming so‘m etib belgilandi.
Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu miqdor oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar bo‘yicha inflyatsiya indekslari asosida hisoblab chiqilgan. Ushbu ko‘rsatkich ijtimoiy yordamga muhtoj aholini aniqlash, kambag‘allikka qarshi dasturlarni baholash hamda pensiya va nafaqalar miqdorini belgilashda mezon sifatida qo‘llanadi.
Kambag‘allik chegarasi 2025-yilda 669 ming so‘m, 2024-yilda esa 648 ming so‘m bo‘lgan.