
- 1
- 20.08.2026 14:46:00
- 1 daq o'qish
Portugaliya prezidenti Antoniu Hose Seguru jamoat joylarida yuzni to‘liq yopib yurishni taqiqlovchi qonunni tasdiqladi.
Qonun parlament tomonidan iyul oyida qabul qilingan bo‘lib, jamoat joylarida shaxsni aniqlashga xalaqit beradigan kiyimlarni kiyishni taqiqlaydi. Bu, jumladan, yuzni to‘liq yopuvchi musulmon ayollar kiyimlariga ham tegishli.
Shuningdek, boshqa odamni jinsi, dini, yoshi yoki kelib chiqishi sababli yuzini yopishga majburlash ham taqiqlangan.
Qonunni buzganlarga 150 yevrodan 3 ming yevrogacha jarima solinadi. Tibbiy, kasbiy, ijodiy va ob-havo bilan bog‘liq holatlar uchun istisnolar mavjud. Ibodatxonalar, diplomatik vakolatxonalar va samolyotlarda esa yuzni yopishga ruxsat beriladi.
Huquq himoyachilari qonun ayollarning kiyinish huquqini cheklashini tanqid qilgan.