Faqat meva bilan oziqlangan polshalik ayol 27 yoshida vafot etdi

Faqat meva bilan oziqlangan polshalik ayol 27 yoshida vafot etdi
  • 0
  • 11.10.2025 15:32:00
  • 1 daq o'qish

Umr bo‘yi faqat xom mevalar bilan oziqlangan 27 yoshli polshalik Karolina Krzyzak Bali orolidagi mehmonxona xonasida o‘lik holda topilgan. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, ayolning vazni vafot etgan paytda 23 kilogrammgacha tushib ketgan. Mutaxassislar uning o‘limiga og‘ir ovqat yetishmovchiligi sabab bo‘lganini bildirgan. Hodisa ekstremal parhezlarning inson salomatligi uchun xavfli ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.

 
Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News