
- 0
- 06.07.2026 16:46:00
- 1 daq o'qish
Kolumbiyada politsiya profilaktik tadbir doirasida tasodifan chorva o‘g‘rilarini qo‘lga oldi. Politsiyachilar avtomobildan kelayotgan kuchli go‘ng hididan shubhalanib, transport vositasini tekshirgan. Natijada, orqa o‘rindiqlarga joylashtirilgan ikkita sigir topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sigirlar fermadan o‘g‘irlab kelinayotgan bo‘lgan. Hayvonlar egalariga qaytarish uchun vakolatli organlarga topshirilgan. Sigir o‘g‘rilarini esa sud kutmoqda.