
- 1
- 25.06.2026 14:54:00
- 1 daq o'qish
Toshkentning Sergeli tumanida, avtomobil bozori yaqinidagi avtobus bekatida maxsus vorkaut maydonchasi tashkil etildi. Endilikda yo‘lovchilar avtobus kutish vaqtida turnik va boshqa sport jihozlarida yengil mashqlar bajarishi mumkin.
Mazkur bekatdan 12 ta avtobus yo‘nalishi o‘tadi. Mutasaddilarga ko‘ra, loyiha jamoat transporti infratuzilmasini yanada qulay va sog‘lom turmush tarziga moslashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, aholi zich yashaydigan va serqatnov hududlardagi boshqa bekatlarda ham shunday sport maydonchalari tashkil etilishi mumkin.