AQSHning Denver aeroportida samolyot yonib ketdi

  • 6
  • 14.03.2025 08:57:00
  • 1 daq o'qish

AQSHning Denver aeroportida yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi. American Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-800 samolyoti parvozdan ko‘p o‘tmay Denverga yo‘naltirilgan, ekipaj dvigatel tebranishi haqida xabar bergan. U Kolorado Springsdan uchib kelgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri uchish-qo‘nish yo‘lagida alanga olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, laynerning yonilg‘i baki yonib ketgan. Yo‘lovchilar samolyot qanoti orqali evakuatsiya qilingan. Jabrlanganlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News