
- 1
- 18.07.2026 11:01:00
Pitsa🍕
Masalliqlar:
2 dona tuxum
0,5 choy qoshiq tuz
2 osh qoshiq sut
1 stakan un
1 choy qoshiq razrixlitel
300 gr vetchina (yoki dudlangan go‘sht)
200 gr cherri pomidor
3–4 dona tuzlangan bodring
10–12 dona zaytun
200 gr pishloq
Tayyorlanishi:
Idishda tuxum, tuz va sut aralashtiriladi. Un hamda razrixlitel qo‘shilib, suyuq xamir hosil qilinadi. Suyuqx amir patnisga quyiladi. Vetchina, cherri pomidor, tuzlangan bodring va zaytun mayda to‘g‘ralib, xamirga qo‘shiladi. Oxirida qirg‘ichdan o‘tkazilgan pishloq solinadi va 180°C ga qizdirilgan pechda 25 daqiqa davomida pishiriladi. M azali pitsamiz tayyor
Yoqimli ishtaha! 🧀🍅🥒





