• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

PITA NONI RETSEPTI

PITA NONI RETSEPTI
  • 9
  • 24.03.2023 17:06:00

PITA NONI RETSEPTI

ICHINI XOHLAGANCHA TOʻLDIRING: PITA NONI RETSEPTI

PITA UCHUN KERAKLI MASALLIQLAR:

- 1 stakan iliq sut

- 1 quti tez ta’sir qiluvchi xamirturush

-1 osh qoshiq shakar

- 1/2 stakan iliq suv

- 1/2 stakan qatiq

- 1/2 stakan qatiq

- 2-3 osh qoshiq zaytun yogʻi

- 6 stakan un

PITA noni retsepti

- Sutni chuqur idishga soling. Ustiga xamiturushni, shakarni qoʻshib aralashtiring va idishning ustini yopib 5-6 daqiqa xamirturushning faollashishini kuting. Orqasidan ustiga suvni, qatiqni, zaytun yogʻini, tuzni qoʻshib aralashtiring. Oxirida ehtiyotkorlik bilan un qoʻshib qoʻlga yopishmaydigan yumshoq xamir hosil qiling.

- Xamirning ustini yopib, issiq joyda 1 soat tindiring. Tindirgandan keyin pechni eng baland darajada isiting. (men 250 darajada pishirdim). Pech mutlaqo oldindan isitilishi kerak! Tindirilgan xamirdan mandarin kattaligida boʻlaklar ajratib dumaloq shaklga keltiring.

- Juda oz miqdorda unlab, oʻqlov yordamida xamirni juda yupqa qilmasdan oching. Yogʻli qogʻoz yoyilgan pech patnisiga siqqanicha xamirni joylashtirib patnisni oldindan isitilgan pechga qoʻying. Pechdan koʻzingizni uzmang. 6-7 daqiqada pishadi. Yoqimli ishtaha.

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News