
- 4
- 01.11.2023 08:55:00
“Tuzlangan bodring”
👩🏻🍳Bugun sizlar uchun “Tuzlangan bodring” retseptini taqdim etamiz. 🥒Siz ham qaynoq suv bilan bodring tuzlab ko‘rganmisiz? Retseptlaringizni izohlarda kutamiz🥰
🥒Masalliqlar:
🥒1 kg bodring;
🧄Har bir banka uchun 1 dona sarimsoq;
🧂Har bir banka uchun 1 osh qoshiq tuzi;
🍶Har bir banka uchun ⅓ choy stakan uzum sirkasi;
🍵Qaynoq suv;
👩🏻🍳Tayyorlanishi:
- Avvalo bir xil o‘lchamdagi bodringni tanlab oling.
- Kichikroq bo‘lsa yanayam yaxshi.
- Bodringlarni yuving va quriting.
- Bodringning ikki tomonidan ozgina olib tashang va pichoq yordamida ozgina kesib chiqing.
- Bodringlarni bankalarga soling.
- Sarimsoq, tuz, uzum sirkasini qo‘shing va qaynoq suv quying.
- Qopqoqni yaxshilab burang va ikki, uch marta aylantiring.
- 4-5 kunga teskari qilib qo‘ying.
Tuzlangan bodringlar tayyor😍




