
- 4
- 27.10.2023 14:44:00
OTMga pulga kiritishni va'da qilgan shaxslar ushlandi
Qayd etilishicha, bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda S.O. ismli shaxs fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, uni Qarshi shahridagi “Turon” nodavlat universitetiga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departament hamda DXXning Chirchiq shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda J.N. ismli shaxs fuqaro S.SH.ni 3,9 ming dollar evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib, muqaddam 3,5 ming dollarni qo‘lga kiritib, yana 400 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.





