
- 1
- 19.08.2026 15:07:00
- 1 daq o'qish
Xitoyda zavoddagi baxtsiz hodisa oqibatida son qismidan to‘liq uzilgan 51 yoshli erkakning ikki oyog‘i muvaffaqiyatli qayta ulandi.
Shifokorlar qariyb 8 soat davom etgan operatsiya orqali oyoqlarni qayta ulashgan. Suchjou shahridagi shifoxona ma’lumotiga ko‘ra, bu son qismidan to‘liq uzilgan ikki oyoqni bir vaqtning o‘zida qayta ulash bo‘yicha dunyodagi ilk muvaffaqiyatli amaliyotdir.
20 oylik davolanishdan so‘ng bemor maxsus moslama yordamida mustaqil yura boshlagan. Oyoqlaridagi sezuvchanlik ham qisman tiklangan. Shifokorlar uning bir-ikki yil ichida tayanch vositalarisiz yurishiga umid bildirmoqda.