• Like
  • Heart
  • Haha
  • Sad
  • Wow
  • Angry

“Pasport indeksi”da besh yil ichida birinchi marta peshqadam o‘zgardi

“Pasport indeksi”da besh yil ichida birinchi marta peshqadam o‘zgardi
  • 8
  • 19.07.2023 07:59:00

“Pasport indeksi”da besh yil ichida birinchi marta peshqadam o‘zgardi

Singapur birinchi o‘ringa chiqib oldi, O‘zbekiston 78-o‘rinni egalladi. Vizasiz sayohat imkoniyatlari bo‘yicha dunyo pasportlari indeksini tuzuvchi Henley & Partners kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Singapur dunyodagi eng kuchli pasportga ega mamlakatga aylandi. Uning fuqarolari 227 mamlakatdan 193 tasiga vizasiz borishi yoki borgan zahoti olishi mumkin.  

So‘nggi besh yil ichida bu borada peshqadamlik qilgan Yaponiya uchinchi o‘ringa tushib ketdi va Avstriya, Lyuksemburg, Finlyandiya, Fransiya, Shvesiya, Janubiy Koreya bilan bir maqomda turibdi. Ushbu mamlakatlar fuqarolari 189 ta davlatga vizasiz borishi yoki borgan zahoti olishi mumkin. 

Ikkinchi o‘rinni Germaniya, Italiya va Ispaniya (190 mamlakat) pasporti egallagan. 

Reytingda O‘zbekiston 78-o‘rinda joylashgan. O‘zbekiston fuqarolari 59 ta davlatga vizasiz yoki soddalashtirilgan tartibda borishi mumkin. 

Taqqoslash uchun, Rossiya 49-o‘rinda (115 ta mamlakat), Belarus 64-o‘rinda (79 ta mamlakat), Qozog‘iston 66-o‘rinda (77 ta mamlakat), Ozarboyjon 72-o‘rinda (69 ta mamlakat), Armaniston 74-o‘rinda (66 ta mamlakat). 

Reytingning so‘nggi, 103-o‘rnida fuqarolari 27 ta davlatga vizasiz sayohat qilishi mumkin bo‘lgan Afg‘oniston joylashgan.

Manba: kun.uz

Copyrights © 2022 All Rights Reserved by Casia News