
- 1
- 01.07.2026 17:38:00
- 1 daq o'qish
Yevropani qamrab olgan kuchli issiq to‘lqini fonida konditsioneri bo‘lmagan ko‘plab parijliklar salqinlash uchun IKEA do‘konlari va boshqa yirik savdo markazlariga borayotgani aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim fuqarolar kunning eng issiq vaqtini do‘kon ichida o‘tkazmoqda.
Rekord darajadagi issiq to‘lqini vaqtida mamlakatda kutilganidan qariyb 1 000 nafardan ko‘p o‘lim qayd etilgan. Ayrim hududlarda havo harorati 40°C dan oshgan bo‘lsa-da, mutaxassislar issiqning sog‘liq uchun xavfi hanuz saqlanib qolayotganidan ogohlantirmoqda.