
- 0
- 20.09.2025 11:48:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Donald Tramp xorijiy fuqarolar uchun “Gold Card” (“Oltin karta”) dasturini yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra, 1 million dollar to‘lagan va yuqori malakaga ega shaxslar AQSHda yashash huquqini tezlashtirilgan tartibda olishi mumkin. Dasturga ko‘ra, kompaniyalar xorijlik xodimiga yashash huquqini rasmiylashtirish uchun 2 million dollar, 5 million dollar to‘lagan shaxs esa “Platinum Card” (“Platina karta”)ga ega bo‘ladi va AQSHdan tashqarida olgan daromadlari uchun soliq to‘lamaydi. Tramp bu dastur mamlakatga katta sarmoya, yangi bizneslar va ish o‘rinlari olib kirishini aytdi. Shu bilan birga, H-1B vizasi qoidalari ham o‘zgartirilib, xorijiy mutaxassisni olib kelmoqchi bo‘lgan kompaniyalar endi 100 ming dollar to‘lashi shart bo‘ladi.