
- 0
- 31.12.2025 19:39:00
- 1 daq o'qish
Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida haydovchilar uchun qulaylik yaratildi. 31-dekabrdan 4-yanvargacha poytaxtdagi barcha yo‘l bo‘yi pulli avtoturargohlardan bepul foydalanish mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Poytaxt Parking” yagona operatori rasmiy ravishda ma’lum qildi.
Bayram kunlari davomida avtoturargohlar uchun hech qanday to‘lov undirilmaydi, mobil ilova orqali belgilanadigan tariflar esa vaqtincha nolga tushiriladi. Ushbu qaror Yangi yil arafasida shahar aholisining va mehmonlarning harakatini yengillashtirish, bayram kayfiyatini yanada oshirishga qaratilgan.
Ma’lum qilinishicha, 4-yanvardan so‘ng pulli parkovkalar yana odatdagi to‘lovli tartibda faoliyatini davom ettiradi. Haydovchilarga belgilangan muddatlardan xabardor bo‘lish va parkovka qoidalariga rioya qilish tavsiya etildi.