
- 24
- 29.10.2026 09:28:00
- 1 daq o'qish
Özbekistonda 2028-yil 1-yanvardan boşlab samolyot, poyezd, şaharlararo avtobus va jamoat transporti qatnovlarini birlaştiruvçi “Bir yöl” yagona raqamli platformasini işga tuşiriş taklif qilinmoqda.
Transport vazirligi işlab çiqqan qaror loyihasiga köra, yölovçilar bitta platforma orqali turli transport qatnovlari jadvali, çipta narxlari va böş örinlar haqida ma’lumot olişi, safarini rejalaştirişi hamda çiptalarni yagona buyurtma va tölov orqali xarid qilişi mumkin böladi. Şuningdek, manzilga yetib boriş uçun bir neçta transport turidan foydalanişni nazarda tutuvçi safarlarni rejalaştiriş imkoniyati yaratiladi.
Tizimni sinovdan ötkaziş 2027-yil 1-iyuldan boşlanişi rejalaştirilgan. Dastlab Toşkent aeroporti — Urganç aeroporti — Xiva temiryöl vokzali yönalişida sinov loyihasini amalga oşiriş taklif etilgan.
Loyihada içki aviaqatnovlar jadvalini muvofiqlaştiriş, Toşkent orqali boşqa hududlarga uçadigan yölovçilar uçun qulay boğlovçi reyslarni taşkil etiş ham nazarda tutilgan. Şuningdek, yölovçilarni yakuniy manzilgaça röyxatdan ötkaziş va bagajni oraliq aeroportda qayta qabul qilmasdan yetkaziş imkoniyatini yaratiş taklif etilmoqda.
Bundan taşqari, poyezd, samolyot va avtobuslar harakat jadvallarini sun’iy intellekt yordamida muvofiqlaştiriş rejalaştirilgan.
Hozirça bu takliflar qaror loyihasida keltirilgan. Hujjat tasdiqlansa, yagona çipta tizimini joriy etiş böyiça işlar belgilangan muddatlarda amalga oşirilişi mumkin.