
- 1
- 28.03.2023 14:16:00
Oq terakmi, ko‘k terak?
Oq terakmi, ko‘k terak?
Ushbu bolalar o‘yinida ishtirokchilar bo‘yi, kuchi va chaqqonligiga qarab teng 2 jamoaga bo‘linadi va 15-20 m oraliqdagi masofada qo‘l ushlashib saflanib turadi.
Birinchi jamoa sardori 2-jamoadan birining otini aytib chaqiradi.
Chaqirilgan qatnashuvchi yugurib kelib, raqib jamoa aʼzolarining qoʻl ushlashib turgan yerini uzishga urinadi. Agar qo‘llar ushlangan joyidan uzilib ketsa, raqib tomondagi bolalardan xohlaganini o‘z jamoasiga olib ketadi, uzolmasa, o‘zi o‘sha jamoada qoladi.
O‘yin shu tariqa navbati bilan davom etadi. Qaysi jamoada o‘yinchilar qolmasa, o‘sha jamoa yutqazgan bo‘ladi.
“Oq terak” o‘ynab katta bo‘lganlar o‘yindagi taassurotlarni yozib qoldiramiz.
Foto: Illyustratsiya