
- 11
- 13.11.2025 15:46:00
Qovoqning foydalari bilan tanishib chiqganingizdan so‘ng, har kuni qovoq yeyishni odat qilishingiz aniq
Qovoq — kuz faslining haqiqiy mo‘’jizasi. Nafaqat mazasi yoqimli, balki organizm uchun juda foydali sabzavot hamdir. U vitamin A, C, E, kaliy, magniy va temirga boy bo‘lib, immunitetni mustahkamlaydi, yurak faoliyatini yaxshilaydi va terini sog‘lom hamda yosh holatda saqlaydi.
Qovoqdagi tolalar ovqat hazm qilish jarayonini yengillashtiradi, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi va qon bosimini me’yorda ushlab turadi. Shuningdek, u antioksidantlarga boy bo‘lgani sababli hujayralarni qarishdan himoya qiladi.
Uni turli shakllarda iste’mol qilish mumkin — pechda pishirilgan, pyure, sho‘rva, hatto shirinlik sifatida ham. Har kuni ovqatingizga biroz qovoq qo‘shsangiz, tanangiz sizga albatta “rahmat” aytadi!





