
- 6
- 31.07.2023 08:12:00
31-iyul kuni Toshkentning ayrim hududlarida “svet” bo‘lmaydi
Toshkentning ayrim hududlarida 31-iyul kuni elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, elektr ta’minoti elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘chiriladi.
Quyidagi manzillarda elektr energiyasi bo‘lmaydi:
Sergeli tumani: “Eski Jaloir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
Yangihayot tumani: “Mash’al” (Ibrat) MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Xabarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.
Manba: Xabardor.uz